baraka.gov.uz

Yangiliklar va e'lonlar

EʼLONLAR

Talabalar uchun Baraka kartasi: nimalarni bilish muhim?

2026/2027-o’quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning stipendiyasi Baraka kartasi orqali to’lanadi. Xo‘sh, talabalar Baraka kartasini qanday olishadi va stipendiyalar qaysi tartibda ushbu kartaga o‘tkaziladi? Quyida ushbu jarayon bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. 1. Kartani olish va stipendiya tushish tartibi Talabalarning qaysi bosqichda tahsil olayotganiga qarab Baraka kartasini rasmiylashtirish…

02.11.2026
EʼLONLAR

ATTO’ning barcha tarif va paketlari endi Baraka kartasida amal qiladi

Endi Baraka ijtimoiy kartasi egalari jamoat transportida yo‘l haqi to‘laganlarida ATTO tizimidagi barcha imtiyoz, tarif va tarif paketlaridan cheklovlarsiz to‘liq foydalanishlari mumkin. Baraka kartasi qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? Baraka kartangiz orqali transport to‘lovlarini amalga oshirganingizda, ATTO kartalari uchun amal qiluvchi barcha qulayliklar avtomatik tarzda qo‘llanadi:…

27.10.2026
EʼLONLAR

Baraka ilovasida kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun yangi tariflar belgilandi

Baraka mobil ilovasida kartadan kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari bo‘yicha yangi tariflar kuchga kirdi. Yangilangan tizim ilova foydalanuvchilariga o‘tkazmalarni komissiyasiz yoki arzonlashtirilgan foizlarda amalga oshirish imkonini beradi. O‘tkazma yo‘nalishi va amaldagi komissiya foizlari: Baraka kartasidan Baraka kartasiga: 0% (komissiyasiz) Baraka kartasidan Uzcard yoki Humo kartalariga: 0,7%…

26.10.2026

Xalqaro sammitda «Baraka» ijtimoiy karta loyihasi namoyish etildi

Samarqand shahrida 21–22-oktabr kunlari 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirokida “Bolalar farovonligiga investitsiya” nomli nufuzli xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi. Bolalarning sog‘lom, xavfsiz hamda munosib sharoitda ulg‘ayishi uchun zarur yechimlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ushbu anjumanda «Baraka» ijtimoiy karta loyihasi o‘z imkoniyatlarini xalqaro hamjamiyatga namoyish etdi. Tadbir doirasida tashkil…

26.10.2026
ILOVA YANGILIKLARI

Baraka ilovasi yangilanmoqda: asosiy ekranda ikkita rejim va maxsus qulaylik sozlamalari paydo bo‘ladi

10.2026., Samarqand, O‘zbekiston — Baraka ilovaning yangilangan versiyasini taqdim etdi: 10-noyabrdan boshlab foydalanuvchilar uchun “Moliya” va “Ijtimoiy” bo‘limlari paydo bo’ladi, shuningdek, ko‘rish qobiliyati zaif bo‘lgan foydalanuvchilar uchun maxsus rejim joriy etiladi. Ushbu yangiliklar 21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Bolalar farovonligiga investitsiyalar» Butunjahon…

25.10.2026
ILOVA YANGILIKLARI

Baraka ilovasida yangilanish: virtual karta va 6 ta yangi ijtimoiy xizmat!

Baraka ilovasi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish va raqamli ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda davom etadi. Ilovaning navbatdagi yangilanishida moliyaviy amallarni soddalashtiruvchi funksiyalar hamda foydalanuvchilar uchun muhim bo‘lgan bir qator yangi ijtimoiy imkoniyatlar taqdim etdik. Ilovaga qo‘shilgan asosiy yangiliklar va ularning afzalliklari bilan tanishing. Xalq banki…

12.10.2026
EʼLONLAR

“Baraka” ilovasi orqali sport pasportidan foydalaning

Endi sportchilar uchun muhim bo’lgan rasmiy hujjat — sport pasportining elektron shakli “Baraka” ilovasida mavjud! Jismoniy hujjatlarni o’zingiz bilan olib yurish va ularni yo’qotib qo’yishdan xavotirlanmasangiz ham bo’ladi. Endi barchasi Baraka ilovasiga joyladik. “Baraka” ilovasida sport pasportini qanday topish mumkin? Ilovadan foydalanish juda oddiy va qulay. Elektron shaklni faollashtirish…

02.10.2026
OAV BIZ HAQIMIZDA

Qonunchilikdagi yangilik: Endi homiladorlik va kasallik bo‘yicha nafaqalar qanday to‘lanadi?

O‘zbekistonda homiladorlik va kasallik bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lashning yangi tartibi joriy etildi. Endi to‘lovlar «Baraka» ijtimoiy kartasi orqali amalga oshiriladi. Kun.uz yangi tizimdagi asosiy o‘zgarishlar, imtiyozlar olish shartlari va to‘lov mexanizmini tushuntiradi. Batafsil:

12.08.2026
EʼLONLAR

ATTO tariflari endi Baraka kartasida!

Jamoat transportiga Baraka kartasi orqali to’lang. Va 1 soat ichida keyingi safarlar uchun ATTO bilan bir xil narxlardan foydalaning. Baraka kartasi orqali jamoat transportida yo’l haqi to’laganingizda, 1 soat ichida keyingi safarlar uchun ATTO bilan bir xil tariflardan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi. Masalan, Toshkent shahrida avtobuslarda 1 soat ichida: 1-safar: 1 700 so‘m 2-safar: 700…

26.06.2026
EʼLONLAR

1-iyundan ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini Baraka ilovasi orqali to’lash imkoni paydo bo’ldi

Agar siz rasmiy ish joyiga ega bo’lmasangiz, homiladorlik yoki kasal bo’lganda sizga nafaqa puli beriladi. Buning uchun ijtimoiy ixtiyoriy sug’urta badallarini to’lab yurgan bo’lishingiz kerak. Bundan tashqari, qonunchilikda keltirilgan ayrim shartlarga to’g’ri kelishingiz ham kerak. Bu shartlar qanday ekani va badallarni to’lash tartibi haqida ushbu maqola orqali bilib olishingiz mumkin. 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda davlat ijtimoiy…

08.06.2026
ILOVA YANGILIKLARI

Baraka ilovasida yangi funksiyalar ishga tushdi

Baraka mobil ilovasiga yangiliklar kiritdik. Ilovaga ijtimoiy xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirish hamda moliyaviy operatsiyalarni qulaylashtirishga qaratilgan qator yangi funksiyalar qo’shdik. Quyida ilovaga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin: Ijtimoiy xizmatlar va sug‘urta tizimidagi yangiliklar Ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallari. Endilikda foydalanuvchilar ilova orqali nafaqat o‘zlari, balki boshqa shaxslar (oilalar va yaqinlari) uchun…

03.06.2026

“Inson uchun – 2026” festivalida “Baraka” loyihasi taqdim etildi

Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida ijtimoiy sohadagi yilning eng muhim voqealaridan biri — “Inson uchun – 2026” festivali bo‘lib o‘tdi. 12-13-may kunlari davom etgan ushbu nufuzli tadbir inklyuziv jamiyat qurish, zamonaviy ta’lim va aholi bandligini ta’minlash borasidagi eng ilg‘or yechimlarni bir nuqtada jamladi. Festivalning eng ko‘p e’tibor markazida bo‘lgan loyihalaridan biri bu — Ijtimoiy…

14.05.2026
STATISTIKA

Muomalaga chiqarilgan Baraka kartalari soni 1 milliondan oshdi!

O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani raqamlashtirish bo‘yicha asosiy loyiha hisoblangan Baraka kartalari foydalanuvchilari soni 1 million nafardan oshdi. Bu — mamlakatdagi ijtimoiy nafaqa va yordam oluvchilarning salmoqli qismi endi yagona raqamli tizimga o‘tganini anglatadi. Baraka tizimi qisqa vaqt ichida ijtimoiy yordam oluvchilar uchun nafaqat to‘lov vositasi, balki raqamli…

21.04.2026
EʼLONLAR

Barcha to‘lovlar va xizmatlar endi bitta platformada!

Endi kommunal xizmatlar, davlat bojlari yoki o‘quv markazlari uchun alohida ilovalar qidirishga vaqt sarflamang. Baraka mobil ilovasi orqali kundalik ehtiyojlaringizdan tortib, murakkab moliyaviy va yuridik xizmatlargacha bo‘lgan 100 dan ortiq to‘lov turlarini bir necha soniyada amalga oshiring. Barcha muhim xizmatlar endi bitta platformada jamlangan. Kundalik ehtiyojlar va kommunal xizmatlarga to’lov Barakada quyidagilarga oson to’lov qiling:…

09.04.2026
ILOVA YANGILIKLARI

Baraka bilan pul o‘tkazmalari komissiyasini 0 foizgacha tushiring!

Zamonaviy hayotni pul o‘tkazmalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Farzandingizga talabalik puli yuborish, yaqinlaringizga moddiy ko‘mak berish yoki shunchaki kartadan kartaga pul o‘tkazish — bularning barchasi Baraka ilovasida bir necha soniya vaqt oladi. Lekin siz pul o‘tkazmalarida komissiya tariflarini to‘g‘ri tanlash orqali pulingizni tejashingiz mumkinligini bilarmidingiz? Keling, Baraka ilovasidagi eng foydali tariflarni ko‘rib chiqamiz. Baraka kartalariaro 0%…

08.04.2026
EʼLONLAR

Ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari yuzasidan rasmiy izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda nogironlik nafaqasi to‘lovlarining kechikishi bilan bog‘liq murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Nafaqa to‘lovlari hamkor bank — Xalq banki tomonidan moliyalashtirilib, belgilangan tartibda Baraka kartalariga o‘tkazib beriladi. Ayrim hollarda texnik jarayonlar sababli qisqa muddatli kechikishlar yuzaga kelishi mumkin. Hozirgi kunda mazkur murojaat bo‘yicha to‘lov fuqaro kartasiga muvaffaqiyatli tushirilganini ma’lum qilamiz. Ma’lumot uchun, 2024-yildan boshlab…

07.04.2026

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari ilk marta Baraka kartasiga ega bo‘ldi!

1-aprel kuni Toshkent shahridagi 365-maktab o‘quvchilariga sinov tariqasida Baraka ijtimoiy kartalari berildi. Endi ular Baraka ijtimoiy kartasidan bank va transport kartasi sifatida foydalanish (xuddi ATTO kartasi kabi) imkoniyati ega bo’ladilar. Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Baraka loyiha ofisi va Aloqabank vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar kartaning afzalliklari va kundalik…

03.04.2026
EʼLONLAR

Baraka mobil ilovasida balansingiz to’g’ri ko’rinishda aks etmoqda

E’lon Hurmatli foydalanuvchilar, Baraka mobil ilovasida balans ko‘rinishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaqtinchalik texnik nosozlik to‘liq bartaraf etildi. Hozirda ilova odatdagidek ishlamoqda va balanslaringiz to‘g‘ri ko‘rinishda aks etmoqda. Agar ilovangizda balans hali yangilanmagan bo‘lsa, ilovani qayta ochish yoki yangilashni tavsiya qilamiz. Barcha mablag‘laringiz doimo xavfsiz saqlanadi.

06.03.2026
EʼLONLAR

Balans ko‘rinishida vaqtincha texnik nosozlik

Hurmatli foydalanuvchilar, ayni paytda Baraka mobil ilovasida ayrim foydalanuvchilarning balansida noto‘g‘ri summa yoki nol balans ko‘rinishi holatlari kuzatilmoqda. Xavotir olmang, bu kartangizda mablag‘ yo‘q degani emas. Kartangizda mablag’ bor va undan bankomat yoki savdo shahobchalarida foydalana olasiz. Ushbu nosozlik vaqtinchalik texnik sabablar tufayli yuzaga kelayotganini ma’lum qilamiz. Barcha mablag‘laringiz to‘liq xavfsiz saqlanmoqda. Hozirda holatni bartaraf…

04.03.2026
EʼLONLAR

Ijtimoiy ID nima va u sizga qanday qulayliklar beradi?

Ijtimoiy ID bu – sizning ijtimoiy xizmatlar tizimidagi yagona raqamli identifikatoringiz. U orqali davlat axborot tizimlarida shaxsingiz aniqlanadi va sizga tegishli ijtimoiy xizmatlar, to‘lovlar va imtiyozlar boshqariladi. Sodda qilib aytganda, Ijtimoiy ID – ijtimoiy xizmatlar uchun yaratilgan shaxsiy raqamli profilingiz. Baraka ilovasidagi Ijtimoiy ID qanday vazifani bajaradi? Ilovadagi barcha ijtimoiy ma’lumotlaringiz aynan shu ID orqali…

26.02.2026
ILOVA YANGILIKLARI

70dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamga Baraka ilovasidan ariza topshiring!

Endi Baraka ilovangiz orqali 70 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamga ariza jo’nata olasiz. Eng muhimi, arizangiz holati va natijasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova ichida kuzatasiz. Buning uchun ilovaga “Mening arizalarim” bo‘limini qo’shdik. Raqamli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida, Baraka ilovasiga yana bir qulaylik qo’shdik. Bu bilan nafaqat ariza topshirish jarayonini soddalashtirdik, balki foydalanuvchilarga o‘z murojaatlari ustidan to‘liq…

12.02.2026
EʼLONLAR

Baraka ijtimoiy kartangiz va mablag’laringizni qanday himoyalay olasiz?

Hurmatli foydalanuvchilar! Ayni kunlarda telefon yoki ilovangizga turli ijtimoiy xizmatlar, banklar yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatlari nomidan qo’ng’iroqlar bo’lishi, linklar jo’natilishi mumkin. Ular fiirbgarlar bo’ladi. Firibgarlarning maqsadi sizni turli yo’llar bilan ishontirib, shaxsiy ma’lumotlaringizni, SMS kodlaringizni yoki pulingizni qo‘lga kiritish. Xo’sh, bunday jinoyatchilarni qanday payqashingiz mumkin, ulardan qanday himoyalanishingiz mumkin? Biz firibgarlik usullarini tanib olishingiz va ulardan…

06.02.2026
ILOVA YANGILIKLARI

Baraka ilovasiga yangi qulayliklar qo’shdik

Foydalanuvchilarimizga yanada qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatish maqsadida Baraka mobil ilovasini yangiladik. Yangi versiyada xavfsizlik darajasi oshirildi, moliyaviy amallarni boshqarish soddalashtirildi hamda bir qator yangi funksiyalar joylandi. Xavfsizlik tizimi kuchaytirildi Ilovani Antifrod telekom himoya tizimi bilan integratsiya qildik. Endilikda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida qo‘shimcha xavfsizlik mexanizmlari ishga tushadi. Bu esa akkauntlaringizni firibgarlik holatlaridan ishonchli himoyalash imkonini…

05.02.2026
ILOVA YANGILIKLARI

Baraka ilovasining keng imkoniyatlari bilan tanishing!

Biz Baraka ilovasini yana ham qulay va oson foydalanishingiz mumkin bo’lgan kartaga aylantirib boryapmiz. Hozirda Baraka ilovasi sizga bir necha xil qulayliklarni taqdim etadi. Keling, ular bilan birma-bir tanishamiz. Ilovaning asosiy imkoniyatlaridan biri kartadan kartaga mablag’larni (P2P o’tkazmalar) tez, qulay va xavfsiz o’tkaza olish imkoniyatining mavjudligida. Ya’ni siz tanishlaringiz yoki yaqinlaringizga Baraka ilovasi ortqali pul…

21.01.2026
EʼLONLAR

Endi dekret pullari Baraka ijtimoiy kartangizga tushirib beriladi

Oldin homiladorlik va tug‘ish nafaqasi(dekret puli) faqat budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga davlat tomonidan to’lanar edi. Hozir bu imkoniyatdan xususiy sektorda ishlaydigan ayollar ham foydalana oladi. 2026-yil 1-yanvardan kiritilgan o’zgartirishlar Ilgari dekret pullarini korxona (ish beruvchi) hisoblab, o‘z yonidan to‘lar edi. Bu esa ko‘pincha tadbirkorlar uchun ortiqcha yuk…

16.01.2026
EʼLONLAR

Ijtimoiy karta kimlarga bepul beriladi?

Sizda Baraka ijtimoiy kartasi uchun haq to’laymanmi yoki bepul ham olsam bo’ladimi degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Kartaning narxi 40 ming so’m. Biroq kartani pul to’lamay ham olish mumkin. Faqat buning uchun siz qonunchilik hujjatlarida tasdiqlangan 15 toifadagi shaxslardan biri bo’lishingiz kerak. Xo’sh, ijtimoiy karta bepul muomalaga chiqariladigan va foydalanish uchun taqdim etiladigan shaxslar kimlar?…

24.12.2025
EʼLONLAR

Baraka ijtimoiy kartasini qanday tanib olish mumkin?

Hayotingizni yengillashtirish, davlat yordamini tez, xavfsiz va zamonaviy usulda olish imkonini beruvchi Baraka ijtimoiy kartasi haqida eshitganmisiz? Bu hukumat yo‘lga qo‘ygan “Ijtimoiy karta” tizimi bo‘lib, u barcha ijtimoiy imtiyoz va to‘lovlarni bitta raqamli, ishonchli va global kartaga jamlaydi. Baraka — yangi avlod kartasi “Baraka” — bu nafaqat ijtimoiy karta, balki zamonaviy dizaynga ega global Visa…

24.12.2025
EʼLONLAR

Baraka kartasi “Inson qadri uchun” g‘oyasiga qanday xizmat qiladi?

O‘zbekistonda 2023-yilda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil qilindi. Agentlik ish boshlaganidan beri “Inson qadri uchun” tamoyili bo‘yicha ish yuritadi. Buning bir misoli Baraka kartasida ko‘rinadi. Loyiha “Inson qadri uchun” g‘oyasiga qaday xizmat qila oladi? Baraka kartasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yagona raqamli tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy karta…

24.12.2025
EʼLONLAR

Baraka kartasi qanday vazifalarni bajaradi?

Baraka kartasi yordamida endi siz ijtimoiy xizmatlardan tez, shaffof va qog‘ozlarsiz foydalanishingiz mumkin. Ijtimoiy karta quyidagi vazifalarni bajaradi: bank kartasi; transport kartasi, shu jumladan, imtiyozli transport kartasi; davlat ijtimoiy himoya yordamlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjat; ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifasiga yoki guruhiga mansubligini tasdiqlovchi hujjat; tovarlar (ishlar, xizmatlar), dori vositalari va tibbiy xizmatlar uchun qo‘shilgan…

24.12.2025

Baraka kartasi orqali xaridlar qiling va Milanda o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlari – 2026ga yo‘llanmani yutib oling!

Visa kompaniyasi Aloqabankning Baraka kartasi mijozlariga noyob va unutilmas imkoniyatni taqdim qilyapti. Siz Italiyaning Milan shahrida o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlari – 2026ga sayohat qilishingiz mumkin. Shartlar juda oson va oddiy. Aksiyada istalgan kishi qatnasha oladi. Qanday ishtirok etish mumkin? Aloqabank tomonidan chiqarilgan Baraka kartangiz bilan 18-dekabrdan 10-yanvargacha to‘lov va xaridlar qiling. Shu muddat ichida…

18.12.2025
EʼLONLAR

Baraka kartasini qanday buyurtma qilish mumkin?

Aziz foydalanuvchilar, agar karta olishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, buni juda oson hal qilishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? “Baraka” kartasini olish uchun quyidagi soddalashtirilgan usullardan foydalanishingiz mumkin. Eng oson va qulay yo‘l – mobil ilova. App Store yoki Google Play’dan Baraka ilovasini yuklab, shaxsiy maʼlumotlarni kiriting va ariza yuboring. Ilovadagi buyruqlarni ketma-ket bajarasiz, shaxsingizni tasdiqlovchi ma’lumotlaringizni kiritasiz va Baraka…

18.12.2025
ILOVA YANGILIKLARI

Endi o’zingizga tegishli barcha rasmiy hujjatlarni bitta ilovadan olishingiz mumkin

Sizga tegishli barcha rasmiy hujjatlar, deylik, pasport, haydovchilik va nikoh guvohnomasi, ta’lim bo’yicha diplomlaringiz – hammasi bo’lib 17 xil hujjatingiz bitta ilovada bo’lishini xohlarmidingiz? Bizningcha, bu ko’pchilikning orzusi. Nega deysizmi? Chunki hujjatlarni yig’ib yurish, ularni bir joyda saqlash, yirtilib ketmasligi yoki yo’qotib qo’ymaslik uchun qayg’urishga to’g’ri kelardi-da. Endi esa Baraka ilovasi sizni bu qayg’udan ozod…

10.12.2025
EʼLONLAR

Ijtimoiy karta nima?

O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya milliy agentligi(IHMA) tarkibida “Ijtimoiy karta” tizimi joriy etilyapti. Bu tizim orqali fuqarolar davlat ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanishi qulaylashadi, barcha hujjatlar yagona raqamli platformaga jamlanadi va navbatlar yo‘qoladi. Xo‘sh, bu nima degani, ijtimoiy karta nima, u sizning hayotingizni qanday yaxshilaydi yoki qo‘shimcha yengilliklar beradi? Baraka ijtimoiy kartasi nima? Ijtimoiy karta bu — bank…

10.12.2025